2017.12.22 14:19

Barcha vatandoshlarimizni qishki festivallarga taklif qilamiz!

 

 

Dekabr oyidan boshlab Koreyaning turli shaharlarida qishki festivallar o’tkazilmoqda. Quyida bir nechta qishki festival haqida ma’lumot keltirilgan. Seul Global Markazi xodimlari nomidan barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan 2018-yil bilan tabriklab, oila a’zolaringiz va do’stlaringiz bilan Yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib olishingizni tilab qolamiz!

 

Goyang shahri chiroqlar festivali (고양호수꽃빛축제) 


Festival o’tkaziladigan vaqt: 2017-yil 12-dekabr ~ 2018-yil 12-fevral

Manzil: 경기도 고양시 일산동구 호수로 595 (장항동)

Festival o’tkaziladigan joy: 고양시 일산 호수공원 (고양꽃전시관 앞 주제광장 일원)

Ma’lumot uchun telefon: 031-908-7750, 031-908-7754

Batafsil ma’lumot uchun veb-sayt: http://www.flower.or.kr

 

 

 

COEX savdo markazi archalar festivali (무역센터 겨울축제 2017)

 

Festival o’tkaziladigan vaqt: 2017-yil 15-dekabr ~ 2018-yil 31-dekabr

Manzil: 서울특별시 강남구 영동대로 513 (삼성동)

Festival o’tkaziladigan joy: 고양시 일산 호수공원 (고양꽃전시관 앞 주제광장 일원)

Ma’lumot uchun telefon: 02-6000-8121

Batafsil ma’lumot uchun veb-sayt: http://www.c-festival.com/winter

 


 

Seul Yangi yil festivali (서울 크리스마스 페스티벌 2017)

 

Festival o’tkaziladigan vaqt: 2017-yil 9dekabr ~ 2018-yil 2-yanvar

Manzil: 서울특별시 중구 청계천로 8 (무교통)

Festival o’tkaziladigan joy: 청계천변 청계광장 ~ 장통교 일원

Ma’lumot uchun telefon: 02-904-1159

Batafsil ma’lumot uchun veb-sayt: http://www.seoulcf.com

 

 

Chyongpyong qor uchquni festivali (청평 얼음꽃 축제 2018)

 

Festival o’tkaziladigan vaqt: 2017-yil 23dekabr ~ 2018-yil 25-fevral

Manzil: 경기도 가평군 청평면 강변로 107 (청평면)

Festival o’tkaziladigan joy: 청평면 청평리 안전유원지내 얼음꽃축제장

Ma’lumot uchun telefon: 031-585-9449

Batafsil ma’lumot uchun veb-sayt: http://www.cpfestival.net

 


 

Kapyongdagi Tonggi osoyishtalik bog’ida o’tkaziladigan chiroqlar festivali

(가평 아침고요수목원 빛축제)

 

Festival o’tkaziladigan vaqt: 2017-yil 8dekabr ~ 2018-yil 25-mart

Manzil: 경기도 가평군 상면 수목원로 432 (상면)

Festival o’tkaziladigan joy: 경기 가평군 아침고요수목원 내 주요정원

Ma’lumot uchun telefon: 1544-6703

Batafsil ma’lumot uchun veb-sayt: http://morningcalm.co.kr

 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.12.20 17:38

Chet ellik fuqarolar uyushmasi majlisi


 2017-yil 14-dekabr kuni Seul shahri hokimiyati tomonidan chet ellik fuqarolar uyushmasi majlisi o’tkazildi. Ushbu majlisda chet ellik fuqarolar uyushmasining 38 vakili, Ayollar va oila mustahkamligi masalalari bo’yicha shug’ullanuvchi bo’lim boshlig’i, sobiq Koreya parlamenti senati vakili Li Jasmin, koreys va chet ellik fuqarolar ishtirok etdi.

  Ushbu majlisda uyushma vakillari 2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Seulda istiqomat qiluvchi chet elliklarning turmush tarzini yaxshilash haqida kiritgan takliflari taqdimoti bo’lib o’tdi. Rossiya, O’zbekiston, Shveytsariya, Mog’uliston, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Avstriya, Filippin kabi davlat vakillardan tashkil topgan ushbu uyushma 2015-yildan boshlab faoliyat ko’rsatib kelib, inson huquqlari va madaniyat, iqtidorli shaxslarni qo’llab-quvvatlash, turmush tarzi va atrof-muhitni yaxshilash bo’yicha faoliyat olib boradigan bo’limlardan tashkil topgan. Har bir bo’lim boshliqlari quyidagi loyihalar bo’yicha taklif kiritishdi.


Taklif

Batafsil ma’lumot

Kasbga tayyorgarlik bo’yicha malaka imtihoni o’tkaziladigan tillar sonini ko’paytirish

 

Oshpazlik, novvoy-qandolatchilik, sartaroshlik bo’yicha malaka imtihoni

Yosh bolalar uchun xavfsiz muhitni yaratish

- Maktab oldida harakatlanuvchi avtomobil va transport tezligi haqidagi yo’l harakati belgilarinining hajmi va dizaynini o’zgartirish

- Avtohalokat oldini olish

- Transport xavfsizligi borasida targ’ibot qilish

Ko’p millatli oilalarni qo’llab-quvvatlovchi markazlarga a’zo bo’lishda yuzaga keladigan kamchiliklarni kamaytirish

Hujjatlarni to’ldirish, markazga a’zo bo’lish, markaz xizmatlaridan foydalanishdagi qiyinchiliklar

Ko’p millatli oilalar uchun mutaxassis maslahati xizmati dasturini kiritish

- Nikoh muhojirlarining Koreya jamiyatiga moslashishdagi qiyinchiliklari

- Mutaxassis maslahati

- Ko’p millatli oilalarning farzandlari uchun ta’lim dasturlari sonini ko’paytirish

- Ko’p millatli oilalarning farzandlari uchun darsdan keyin o’tkaziladigan ta’lim dasturlarini kiritish

Chet ellik fuqarolarga Seul turmush tarzi haqida ma’lumot berish tizimini yengillashtirish

Adliya Vazirligi, Seul hokimiyati, Ayol va oila mustahkamligi bilan shug’ullanadigan bo’lim, ko’p millatli oilalarni qo’llab-quvvatlovchi veb-sayt “Danuri”, Seul Global Markazi va veb-sayt orqali yetkazib beriladigan ma’lumotlar

Koreyaga oila a’zolarni taklif qilib, oila a’zolari bilan birga yashash tizimini takomillashtirish

Koreyaga ota-onani taklif qilish bo’yicha viza muddatini cho’zdirish

 

  Chet ellik fuqarolar ish faoliyati, transport xavfsizligi, ko’p millatli oilalar, Seul turmush tarzi haqida ma’lumot va viza masalalari bo’yicha taklif kiritishdi. Turmush tarzi va atrof-muhitni yaxshilash bo’yicha faoliyat olib boradigan bo’lim boshlig’i pokistonlik talaba turli sohalar bo’yicha chet ellik fuqarolar uchun xizmat ko’rsatadigan Seul Global Markazining faoliyati haqida alohida ta’kidlab o’tdi.


Fransiya, Rossiya, Niderlandlar va O'zbekistondagi maktab oldida harakatlanuvchi 

avtomobil va transport tezligi haqidagi yo’l harakati belgilari


  Inson huquqlari va madaniyat bo’limi boshlig’i rossiyalik Oh Mie “Ushbu uyushmada ikki yil oldin faoliyat olib borishni boshlaganimda, bu uyushmada kiritilgan takliflar chet ellik fuqarolarga yordami tegishi haqida tasavvur qilmagan edim. Ikki yil davomida turli takliflar kiritilib, Seulda istiqomat qiluvchi chet elliklarning hayot tarzi yaxshilanib borishi kuzatish imkoniyatiga ega bo’ldim. Shunday yutuqlarni ko’rib, yanada katta ishtiyoq bilan faoliyat olib borgan holda, Koreya jamiyatining a’zosi bo’lishning ma’nosini angladim", deb o’z fikrini bildirdi.



  Chet ellik fuqarolar uyushmasi 2018-yilda ham faoliyatlarini davom ettirib, yanada katta yutuqlarga erishishlariga tilakdoshmiz!


 

Seul Global Markazi o’zbek tili muxbiri Saxabutdinova Luiza

mog’ul tili muxbiri Dollamsuren 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.12.20 15:00

Yosh avlodning kam tug’ilishi muammosi borasidagi forum



  2017-yil 9-dekabr kuni Seul shahri hokimiyatida Koreyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblangan yosh avlodning kam tug’ilishi borasida Seul hokimi Pak Vonsun va fuqarolar o’rtasida forum o’tkazildi. Ushbu forumda past tug’ilish muammosi bilan kurashish uchun chora-tadbirlar haqida muhokama qilindi.

  Forumga tashrif buyurgan koreys va chet ellik fuqarolar past tug’ilish muammosini hal qilish uchun Seul shahri hokimiyatining turli bo’limlarida ishlab chiqilgan 23ta loyiha bilan tanishib chiqqan holda ovoz berishdi. 23ta taklifdan quyida keltirilgan 10ta taklif eng ko’p ovozga ega bo’ldi.


1. Yangi turmush qurgan oilalar uchun uy-joyni ijaraga berishda depozit puli bilan ta’minlash

2. Yangi turmush qurgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash

3. Dekret ta’tili tizimini takomillashtirish

4. Tumanlarda kamida bittadan yasli ochish

5. Farzandni o’stiruvchi voyaga yetmagan yolg’iz onalarni yordam puli bilan ta’minlash

6. Boshlang’ich sinf o’quvchilari maktabga qatnashlarida yordam beradigan ishonchli maktab avtobuslari bilan ta’minlash

7. Yosh bolalar kolyaskalari bilan qulay harakatlana oladigan muhitni yaratish

8. Ish joyida erkak va ayollar teng huquqli bo’lib faoliyat olib borishlari mumkin bo’lgan muhitni yaratish

9. Yoshlar uchun iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mos keluvchi uy-joylarini ijaraga berish va shu haqidagi ma’lumotlarni targ’ib qilish tizimini takomillashtirish

10. Fuqarolarni ish joylari bilan ta’minlash  



  Seul hokimi Pak Vonsun 10ta taklif Seul shahri hokimiyati uy-joy, ish joyi, tug’ilish va dekret ta’tili, farzandlarni o’stirish, oila mustahkamligi va chet ellik fuqarolar kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi bo’limlar tomonidan ko’rib chiqilib, 2018-yildan boshlab tegishli chora-tadbirlar ko’rilishi haqida ta’kidlab o’tdi.

 


Seul Global Markazi o’zbek tili muxbiri Saxabutdinova Luiza

mog’ul tili muxbiri Dollamsuren

 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.12.19 16:19


1. 2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Seul Global Markazi Maishiy qulayliklar xizmati bo’limi tomonidan o’tkazilgan dasturlar ro’yxati


○ Koreys tili kurslari


Seul Global Markazining Maishiy qulayliklar xizmati bo’limida chet ellik fuqarolarning Koreya hayot tarziga moslashishlariga ko’maklashish maqsadida bepul koreys tili kurslarini o’tkazib kelmoqda. Chet ellik fuqarolarning talablariga ko’ra, hafta kunlari, dam olish kunlari va kechki vaqt koreys tili kurslari olib borilmoqda. Koreys tili bilimi darajasi tekshirilganidan so’ng, qatnashuvchilar bilim darajasiga to’g’ri keladigan kurslarga yuboriladi. 2017-yilda ushbu dastur 3 marta o’tkazilib, 1,700 nafar chet ellik koreys tili kurslarida qatnashdi. 

 


○ Muxbirlar


  Seul Global Markazida 13 nafar chet ellik muxbir  12ta tilda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Seul Global Markazining muxbirlari chet ellik fuqarolarga tegishli bo'lgan yangiliklarni yetkazib bermoqda. Noyabr oyida muxbirlar Kanvondoda joylashgan Sokcho shahriga sayohatga borib kelishdi. Seul Global Markazining yangiliklari va muxbirlarning faoliyatini muxbirlar olib boradigan blog va Seul Global Markazining Facebook sahifasi orqali tekshirib turishingiz mumkin.

 

- Muxbirlar olib boradigan blog http://sgcnewsroom2017.tistory.com

- Seul Global Markazining Facebook sahifasi https://www.facebook.com/sgcnewsroom



Ko’chib yuruvchi maslahat xizmati


  Seul Global Markazi hafta kunlari Seul Global Markazi xizmatlaridan foydalana olmaydigan chet elliklar uchun dam olish kunlari chet elliklar serqatnov bo’lgan hududlarda ko’chib yuruvchi bepul maslahat xizmatini olib bormoqda. Seul Global Markazida Seul turmush tarzi haqidagi kerakli ma’lumot va qonun, ish faoliyati, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa, immigratsiya, turmush tarzi, sug’urta, va milliy nafaqa kabi sohalar bo’yicha maslahat amalga oshiriladi.

  2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Hyehvadong (Filippin fuqarolari uchun), Kvanhidong (Rossiya, Mongoliya, Ozbekiston fuqarolari uchun), Chyonge maydoni, Namsangol koreys qishlogi, Seuldagi Kvanxvamun maydoni va boshqa joylarda kochib yuruvchi maslahat xizmati 7 marta otkazildi. 2018-yilda ham Itevon, Derimdong, Bomundong, Kvanhidong kabi tumanlarda kochib yuruvchi maslahat xizmati olib borilishi rejalashtirilgan bo’lib, muammolarga duch kelgan, hafta kunlari Seul Global Markaziga tashrif buyura olmaydigan va koreys tilida muloqot qilishga qiynaladigan chet elliklar veb-saytda maslahatlar dasturi jadvalini tekshirib, ko’chib yuruvchi maslahat xizmatidan foydalanishlari mumkin. 



Seul Global Markazining volontyorlik dasturi


2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Seul Global Markazining volontyorlik guruhi festivallarni tashkil qilish, Mapo yoshlar markazi tomonidan hayriya uchun jamg’arma yig’ish, Kangnam tumanidagi kasbiy reabilitatsiya markazida nogironlar uchun kasbiy reabilitatsiyani amalga oshirishda ko’maklashish, turli tumandagi yosh bolalar markazida “Dunyo mamlakatlari madaniyati bo’ylab sayohat” darslari, Hangyang universitetining dasturlarida doimiy ravishda qatnashib keldi. Bundan tashqari, Seul Global Markazida volontyorlik bo’yicha ta’lim dasturlari doimiy ravishda o’tkazilib kelindi va volontyorlar volontyorlik faoliyatining maqsadlari haqida fikr almashish imkoniyatiga ega bo’lishdi. 2018-yilda ham Seul Global Markazi ushbu volontyorlik dasturini olib borishni rejalashtirib qo’ygan. Barcha chet elliklarni ushbu dasturda qatnashishga taklif qilamiz!     



Chet ellik fuqarolar uyushmasi faoliyati


Seul Global Markazi chet ellik fuqarolar uyushmasi faoliyatini rag’batlantirish maqsadida faoliyat olib boradigan ofis, jihozlar, targ’ibot materiallari va yig’ilish yoki tadbir o’tkazish uchun joyni ijaraga berish kabi xizmatlarni ko’rsatdi. 2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Kambodja talabalar uyushmasi, Nepal ishchilar uyushmasi kabi 17ta uyushmaga yordam ko’rsatildi. Keyingi yil ham bundan ham ko’p chet elliklar uyushmalarini qo’llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rag’batlantirish rejalashtirilgan.  



Seul turmush tarzi haqidagi yig’ilish

 

2017-yilning ikkinchi yarim yilligida chet ellik talabalar uchun Koreya universiteti, Sogang universiteti, Seul universiteti, Hanyang universiteti kabi 15ta unuversitetda umumiy 40ta Seul turmush tarzi haqidagi yig’ilish o’tkazildi. Ushbu yig’ilish koreys, ingliz, xitoy, yapon kabi tillarda olib borilib, Koreyaga yangi kirib kelgan chet elliklarga Seul turmush tarzi haqidagi kerakli ma’lumotni taqdim etuvchi dastur hisoblanadi. 29-noyabr kuni dasturni olib borishni baholash haqidagi tadbir o’tkazilib, har bir universitetda chet ellik bilan shug’ullanuvchi mas’ul shaxs bilan birgalikda muammolar haqida muhokama qilindi.  


Xalqaro konsert


Xalqaro konsertda turli davlat vakillaridan tashkil topgan guruhlar musiqaviy chiqishlari orqali koreyslar va chet elliklar o’z madaniyatlari bilan bo’lishishdi. 2017-yilning may oyidan boshlab oktyabr oyigacha ushbu tadbir 7 marta o’tkazilib, 19ta davlatdan 28ta guruh ishtirok etdi. Ularning ichida Afrikalik barabanchilar guruhi, Rossiya milliy raqs guruhi, Latin musiqasi kabi chiqishlar festivalga rang-baranglik bag’ishladi. 


Chet el eski buyumlar bozori

 

2017-yilning ikkinchi yarim yilligida Namsangol koreys qishlogi va Kvanxvamun maydonida chet el eski buyumlar bozori o’tkazildi. Iyun oyida Kvanxvamun maydonida o’tkazilishi rejalashtirilgan chet el eski buyumlar bozori yomg’ir tufayli qoldirilib, iyul oyining boshida Namsangol koreys qishlogida kichik miqyosda o’tkazildi. Sentyabr oyida esa Namsangol koreys qishlogida Seul Global Markazi bayram festivali va chet el eski buyumlar bozori birgalikda o’tkazildi. Oktyabr oyida Kvanxvamun maydonida 2017-yilning so’nggi chet el eski buyumlar bozori olib borildi. Rossiya fuqarolari uyushmasi bilan birgalikda “Bir million qizil atirgul” festivali o’tkazilib, mehmonlar musiqaviy dastur va mazali shirinliklardan bahramand bo’ldilar.      


Chet ellik fuqarolar ishtirokidagi Chusok bayrami

 

Seul Global Markazining Maishiy qulayliklar xizmati bo’limi Chusok bayrami arafasida Seulda istiqomat qiluvchi chet elliklarni koreys madaniyati bilan tanishtirish va madaniy tadbirda qatnashish kabi imkoniyatni taqdim etish uchun chet ellik fuqarolar ishtirokida Chusok bayrami o’tkazildi. Koreys milliy musiqaviy asboblaridagi o’yin (samulnori), ajdodlarni xotirlash tadbiri, yut (cho’p) o’yini, guruch unidan non tayyorlash kabi koreys milliy chiqishlari va namoyishlari va milliy o’yinlaridan bahramand bo’lib, 2017-yilda ayniqsa “Turli davlatlarning bayramlari” mavzusidagi pavilionlarda Xitoy, Vetnam, Tailand va boshqa davlatlarning milliy madaniyatini organish imkoniyati taqdim etildi. 8,000dan ortiq koreys va chet elliklar ushbu festivalda qatnashib, turli davlatlar o’rtasida madaniyat almashinuvi amalga oshdi.   




22018-yil 1-koreys tili kurslariga qabul e’loni  

  Seul Global Markazida chet ellik fuqarolarning Koreya hayot tarziga moslashishlariga ko’maklashish maqsadida turli bosqichlardagi koreys tili kurslarini o’tkazib kelmoqda. Koreys tili kurslari koreys tilini organish maqsadiga kora umumiy kurs boyicha guruh, TOPIK imtihoniga tayyorlanish guruhi, sozlashuv guruhi, maxsus guruh kabi guruhlarga bolinib, nikoh muhojirlari, chet ellik ishchilar, chet ellik talabalar, asrab olinganlar va boshqa chet ellik fuqarolar ushbu kurslarda koreys tilini organib kelmoqda. Agar koreys tilida bemalol muloqot qilish uchun koreys tilini bepul organishni istasangiz, Seul Global Markazining veb-saytida koreys tili kurslariga ariza berish sanasini tekshirib ko'ring.

 

 

Kurs olib boriladigan vaqt

- umumiy kurs bo’yicha guruh: 3-fevral (shanba) ~ 3-may (payshanba), 12 hafta

- TOPIK imtihoniga tayyorlanish guruhi: 3-fevral (shanba) ~ 5-aprel (payshanba), 8 hafta

 

Kursga yozilish uchun ariza berish sanasi

 

Toifa

Sana va vaqt

Joy

Umumiy kurs bo’yicha guruh

Hafta kunlari dars o'tkaziladigan guruhlar uchun

27-yanvar (shanba) 14:00~16:00

Seul Global Markazi

9-qavat

Dam olish kunlari dars o'tkaziladigan guruhlar uchun

28-yanvar (yakshanba) 10:00~12:00

TOPIK imtihoniga tayyorlanish guruhi

28-yanvar (yakshanba) 15:00~16:30

 

Hujjat topshirish jarayoni (Birinchi kelganlar birinchi bolib qabul qilinadi.)

- Seul Global Markaziga tashrif buyurganingizdan song, kutish raqami olinadi (1-qavat) Koreys tili bilim darajasini tekshirish imtihoni otkaziladi (9-qavat) Kurslarga yozilish uchun ariza qabul qilinadi (9-qavat).

- Imtihondan ozod boladiganlar: oldingi semestrni bitirganlar, koreys tilini birinchi marta organayotganlar

 

Kurs jarayoni

- Umumiy kurs boyicha guruh: Sogang koreys tili 1A - 1B - 2A - 2B - 3A - 3B

- TOPIK imtihoniga tayyorlanish guruhi: Boshlangich guruh (Level 1, 2), orta daraja guruh

(Level 3, 4), yuqori daraja guruh (Level 5, 6)

 

Qatnashuvchilar

- Umumiy kurs bo'yicha guruh: Chet ellik fuqarolar

- TOPIK imtihoniga tayyorlanish guruhi: (2018-yil 15-aprelda otkaziladigan) TOPIK imtihoniga yozilgan chet ellik fuqarolar

* C-3 (qisqa muddat) viza egalari va voyaga yetmaganlar ushbu kurslarga qabul qilinmaydi.

Kurs uchun tolov: Bepul

* Faqat, davomat uchun 30,000 von depozit puli dars boshlanishidan oldin masul shaxsga naqd pulda tolanishi kerak. Dars davomati 80%dan oshsa, depozit puli qaytarib beriladi.

 

Kerakli hujjatlar

- Kursga yozilish uchun ariza, shaxsiy malumotlarning toplanishi va ishlatilishi haqidagi ishonch qogozi (Seul Global Markaziga tashrif buyurganingizda toldirishingiz mumkin.)

- ID karta (chet ellik ID kartasi, pasport yoki ID karta) nusxasi

- Songgi 2 yil davomida olingan TOPIK sertifikati (TOPIK sertifikatiga ega bolganlarga tegishli)

 

Malumot uchun telefon

- Telefon: Seul Global Markazining Maishiy qulayliklar xizmati bolimi (02-2075-4180)

- Ish vaqti: dushanba ~ juma 09:00~18:00 (Tushlik vaqti 12:00~13:00)

- Elektron pochta: sgcwekc@gmail.com

 

* Dars vaqti Seul Global Markazining vebsaytida elon qilinadi. 



3. Baliq tutish uchun qishki festivalga tashrif buyuring! 



Dekabr oyida Koreyaning turli hududlarida muzlik ustida baliq tutish va chana uchish kabi qishki tadbirlar o’tkaziladi. Oila a’zolaringiz va do’stlaringiz bilan maroqli dam olib, yangi yilni kutib olishingizni tilab qolamiz!

 

Tadbir nomi

Manzil

Vaqt

Veb-sayt

Pyeongchangda

gulmohi baliq

tutish festivali

강원 평창군 진부면 오대천 일원 (진부시외버스터미널 ro’parasi)

2017-yil 22-dekabr ~ 2018-yil 25-fevral

http://www.festival700.or.kr

Pajuda

gulmohi baliq

tutish festivali

경기도 파주시 광탄면 부흥로 194-42 (광탄면)

2017-yil 23-dekabr ~ 2018-yil 18-fevral

http://www.pjtf.co.kr

Ansongda koryushka balig’ini tutish

festivali

경기도 안성시 죽산면 두메호수로 90

2017-yil 23-dekabr ~ 2018-yil 25-fevral

http://dmfestival.co.kr

Kngxvadoda

gulmohi va koryushka baliqlarini tutish

festivali

인천광역시 강화군 양도면 중아로787번길 8-2

2017-yil 22-dekabr ~ 2018-yil 25-fevral

http://www.insanry.com

Yangjuda

gulmohi baliq

tutish festivali

경기도 양주시 백석읍 연곡리 연곡저수지 전체

2017-yil 22-dekabr ~ 2018-yil 25-fevral

http://www.troutfestival.co.kr/default/

Yangpyongda

koryushka balig’ini

tutish festivali

경기도 양평군 단월면 덕수리 22-3

2017-yil 23-dekabr ~ 2018-yil 18-fevral

http://www.lakefestival.co.kr


Tadbirlar haqidagi batafsil ma’lumot va to’lovlarni veb-saytlar orqali tekshirishingiz 

mumkin. 


4. Chet elliklar uchun Seul hayot turmush tarzi haqidagi ma’lumotnoma – Zilzilada evakuatsiya qilish tartibi haqida bilasizmi?  

  Seul shahrida istiqomat qiluvchi chet ellik fuqarolar uchun xizmat ko’rsatadigan Seul Global Markazi Seul turmush tarzi haqidagi kerakli ma’lumotlarni har oy yangiliklari gazetasi orqali yetkazib bermoqda. 

  Ushbu oydagi maqola “Zilzilada evakuatsiya qilish tartibi” haqida. O’tgan noyabr oyidagi zilzila tufayli sarosimaga tushdingizmi? Zilzila hech qanday ogohlantirishsiz sodir bo’ladi. Zilziladan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararni kamaytirish uchun zilzila sodir bo’lganida amalga oshirilishi kerak bo’lgan xatti-harakatlar tartibini kundalik hayotda o’rganib olib, zilzila sodir bo’lganida sarosimaga tushmasdan evakuatsiya qilish muhimdir.

  Kutilmagan zilzilada evakuatsiya qilish tartibi va siz istiqomat qiladigan hududdagi evakuatsiya holatlaridagi boshpanalarning joylashish manzilini tekshirib ko’ring va albatta esda tuting! 



Turli vaziyatlardagi xatti-harakatlar tartibi

Zilzila tufayli silkinganida?

Silkinish to’xtaganidan so’ng?

Zilzila tufayli silkingan vaqt davomida stolning pastki qismiga kirib olib, tanangizni himoya qiling. Stolning oyoqlarini mahkam ushlab oling.

Silkinish to’xtaganidan so’ng, elektr quvvati va gazni o’chirib qo’yib, eshiklarni ochib qo’ying va tashqariga chiqish yo’llarini kengaytiring.

Binodan tashqariga chiqilganida?

Binodan tashqariga chiqilganidan so’ng?

Binodan tashqariga chiqqaningizda zinadan foydalanib, tezkorlik bilan harakat qiling. (Liftdan foydalanish man qilinadi.)

*Liftda bo’lsangiz, barcha qavatlarning tugmalarini bosib chiqib, lift eshigini ochilgan qavatda liftdan tushing.

Binodan tashqarida sumkangiz yoki qo’lingiz bilan boshingizni himoya qiling. Binodan aniq bir masofada uzoqlikda turib, yon-atrofga qaragan holda evakuatsiya qiling.

Evakuatsiya uchun boshpani topganingizda?

Evakuatsiya uchun boshpanaga yetib kelganingizda?

Tepadan pastga tushadigan jihozlarga ehtiyot bo’lib, tezkorlik bilan sport maydonchasi yoki park kabi keng joyga evakuatsiya qiling. (Mashinadan foydalanish man qilinadi.)

Radio va davlat muassasalari tomonidan e’lon qilinadigan to’g’ri va ishonarli ma’lumotga qarab harakat qiling.

 

Turli joylardagi xatti-harakatlar tartibi

Uyda bo’lsangiz

Tashqarida bo’lsangiz

Liftda bo’lsangiz

Stolning pastki qismiga kirib olib, tanangizni himoya qiling. Silkinish to’xtaganida elektr quvvati va gazni o’chirib qo’yib, eshiklarni ochib qo’ying va chiqish yo’llarini kengaytirganingizdan so’ng, tashqariga chiqing.

Tepadan pastga tushadigan jihozlarga ehtiyot bo’lib, sumkangiz yoki qo’lingiz bilan boshingizni himoya qiling. Binodan aniq bir masofada uzoqlikda turib, sport maydonchasi yoki park kabi keng joyga evakuatsiya qiling.

Barcha qavatlarning tugmalarini bosib chiqib, lift eshigini ochilgan qavatda liftdan tushing va zinadan foydalaning.

Maktabda bo’lsangiz

 

Univermag yoki do’konda bo’lsangiz

Teatr yoki sport maydonchasida bo’lsangiz

Stolning pastki qismiga kirib olib, stolning oyoqlarini mahkam ushlab oling. Silkinish to’xtaganida tartibni saqlagan holda sport maydonchasiga evakuatsiya qiling.

Vitrina va tokchalardan tushib ketayotgan tovar va mahsulotlardan tanangizni saqlang va zina yoki ustunning yoniga borib oling. Silkinish to’xtaganida tashqariga evakuatsiya qiling.

Silkinish tugaguniga qadar sumkangiz yoki boshqa narsa bilan tanangizni himoya qiling. Joyingizda qolib, ko’rsatmaga ko’ra sarosimaga tushmasdan evakuatsiya qiling.

Metroda bo’lsangiz

Rulda bo’lsangiz

Tog’ yoki dengiz bo’yida bo’lsangiz

Tutqich yoki ustunni ushlab olib, yiqilib tushmasllikka harakat qiling. Vagon to’xtasa, ko’rsatmaga ko’ra harakat qiling.

 

Favqulodda vaziyat signalini yoqib, tezlikni sekin kamaytiring va yo’lning o’ng tomoniga mashinangizni qo’yib, radioda e’lon qilinadigan ma’lumotga diqqat bilan quloq soling. Mashina kalitini qayta yoqish joyiga tiqib, mashinadan chiqib keting.

Tog’ holati va qoya qulashiga ehtiyot bo’lgan holda evakuatsiya qiling. Dengiz bo’yida tsunami haqida shoshilinch xabar qilinsa, baland joyga evakuatsiya qiling.

 

Siz istiqomat qiladigan joyda zilzila sodir bo’lganida tashqarida joylashgan boshpanalar haqidagi ma’lumotlarni ushbu link orqali tekshirib ko’rishingiz mumkin.

https://www.safekorea.go.kr/idsiSFK/737/menuMap.do?w2xPath=/idsiSFK/wq/sfk/cs/sfc/res/victimList.xml&acmdfclty_cd=2

 


Manba: Tabiiy ofatlar va fuqarolar xavfsizligi portali

 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.12.06 13:45
2017.12.05 14:09

O’zbek nikoh to’yi marosimi haqida


 Nikoh to’yi o’zbeklar uchun muhim marosim hisoblanib, to’y oldi va to’ydan keyin o’tkaziladigan tantanalarga alohida e’tibor bilan tayyorgarlik ko’riladi. O’zbek milliy urf-odatlariga ko’ra kuyov va kelinning ota-onasi to’yga rozilik bildirganidan so’ng, fotiha to’yi o’tkaziladi. Kuyov kelin tomonga, kelin esa kuyov tomonga sovg’alar yuborib, ikki yosh unashtiriladi.

  Nikoh to’yi kuni kuyov tomonidan saharda to’y oshi tarqatilib, osh kelinning uyiga ham yuboriladi. Kuyov o’z navkarlari bilan kelinning uyiga borib, kelin ota-onasining duosini oladi. Kelinning uydan olib ketilishi kelinning ota-onasi bilan xayrlashish marosimi hisoblanadi. 

  To’yga yaqin qarindoshlar, do’st-u birodarlar, hamkasblar, sinfdoshlar, qo’ni-qo’shnilar taklif qilinadi. Noz-u ne’matlardan tortib, o’yin-kulgu va raqs bilan nikoh to’yi katta miqyosda kun bo’yi dabdabali qilib o’tkaziladi. Nikoh to’yidan so’ng ertasi kuni azonda kelin salom marosimi boshlanadi. Kuyovning ota-onasi, yaqin qarindoshlar, do’stlar va qo’ni-qo’shnilar navbat bilan kelinning oldiga borib, o’zlarining samimiy tilaklari va sovg’alarni kelin bilan ulashadilar. Kelin har bir kishiga egilib, salom beradi.  



Seul Global Markazi o'zbek tili muxbiri Saxabutdinova Luiza 


'O'zbek tili' 카테고리의 다른 글

Seul Global Markazining dekabr oyi yangiliklari  (0) 2017.12.19
Seulda qatnovchi tungi avtobuslar yo'nalishlari  (0) 2017.12.06
O’zbek nikoh to’yi marosimi haqida  (0) 2017.12.05
Seulda shaxmat klubining ochilishi  (0) 2017.11.28
Sokchoga sayohat  (0) 2017.11.28
Seul Kimchi festivali  (0) 2017.11.14
Posted by SGC NEWS ROOM
2017.11.28 16:38

Seulda shaxmat klubining ochilishi


  "KIM" jurnali va "KIMushki" bolalar klubi bolalar va kattalar uchun "64" nomli shaxmat klubining ochilish marosimiga barchani taklif etadi. Rasmiy ochilish marosimi va birinchi do'stlik turniri 3-dekabr kuni Seul shahrida bo'lib o'tadi.

  Tadbirda shaxmat, shashka va narda bo'yicha bolalar va kattalar o'rtasidagi musobaqalar, professional shaxmatchilar bilan bir vaqtning o'zida o'yin, bolalar raqs guruhining chiqishlari va shaxmat musobaqalari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Turnirda ishtirok etish uchun oldindan yozilish shart emas. Tadbir o'tkaziladigan kun qatnashuvchilar ro'yxatga olinib, qur'a tashlanadi. Klub muntazam ravishda do'stona turnirlar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Klubga a'zo bo'lish uchun professionallar darajasida shaxmat o'ynash qobiliyati talab qilinmaydi. Shaxmat o'ynashni o'rganmoqchi bo'lganlar ham klubga a'zo bo'lishlari mumkin.

 

Sana va vaqt: 2017-yil 3-dekabr (yakshanba), 15:00

Manzil: Seoul Jung-gu Toegye-ro 296, B1 (서울시 중구 퇴계로 296, 지하 1

'O'zbek tili' 카테고리의 다른 글

Seulda qatnovchi tungi avtobuslar yo'nalishlari  (0) 2017.12.06
O’zbek nikoh to’yi marosimi haqida  (0) 2017.12.05
Seulda shaxmat klubining ochilishi  (0) 2017.11.28
Sokchoga sayohat  (0) 2017.11.28
Seul Kimchi festivali  (0) 2017.11.14
Seul Global Markazining noyabr oyi yangiliklari  (0) 2017.11.14
Posted by SGC NEWS ROOM
2017.11.28 15:38

Sokchoga sayohat



 12 noyabr kuni Seul Global Markazining Maishiy qulayliklar xizmati bo'limi muxbirlari Sokcho shahriga tashrif buyurdi. Muxbirlar sayohatni Kanvondoning Yangyang shahridagi Naksansa Budda ibodatxonasidan boshlab, Sokcho shahrida joylashgan Abba qishlog'idagi qayiqda uchishdi. Bundan tashqari, Choksan Chokyok parkida oyoqlarga vanna qilindi.



  Ushbu madaniy sayohat orqali Maishiy qulayliklar xizmati bo'limi xodimlari turli davlatlardan kelgan muxbirlar bilan birgalikda Koreya va boshqa davlatlarning madaniyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi. Seul Global Markazining muxbirlari turli tadbirlar va chet ellik fuqarolarga tegishli bo'lgan yangiliklarni har oy "SGC Newsroom" blogi (http://sgcnewsroom2017.tistory.com/) orqali yetkazib bermoqda. Siz ham Seul turmush tarzi haqidagi foydali ma'lumotlarni ushbu blogdan tekshirib turishingiz mumkin.

 

 

Seul Global Markazi rus tili muxbiri Borambekov Chingiz maqolasi

o'zbek tili muxbiri Saxabutdinova Luiza tarjimasi 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.11.14 15:05

Seul Kimchi festivali 


  3-noyabr kuni Seul shahri hokimiyati maydonida Seul Kimchi festivali o'tkazildi. Ushbu festivalda koreys va chet ellik fuqarolar birgalikda kimchi tayyorlab, qiziqarli konsertdan zavq oldilar. Bundan tashqari festivalga tashrif buyurganlar kimchi saqlanadigan tuvak shaklida qurilgan zalda kimchi madaniyatini aks ettiruvchi rasmlar va buyumlar ko'rgazmasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Shu bilan birgalikda turli xil mazali tamaddilardan ta'tib ko'rish va yosh bolalar uchun o'yin maydonchasi tashkil qilingan edi.

  Kimchi koreys milliy taomlaridan biri hisoblanib, YuNESKO tomonidan nomoddiy madaniy meros sifatida ro'yxatga kiritilgan. Ushbu yili festival qatnashuvchilari va volontyorlar tomonidan tayyorlangan kimchi oldindan ariza berib, ro'yxatga olingan fuqarolarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

 

Seul Global Markazi xitoy tili muxbiri Li Xin maqolasi va rasmi

o'zbek tili muxbiri Saxabutdinova Luiza tarjimasi 

Posted by SGC NEWS ROOM
2017.11.14 14:02


Seul Global Markazida indoneziya va arab tillarida maishiy qulayliklar bo'yicha maslahat o'tkazilmoqda


  Seul Global Markazida 2017-yil oktyabr oyidan boshlab indoneziya va arab tillarida maishiy qulayliklar bo'yicha yangi maslahat xizmati olib borilmoqda. Quyidagi jadvalda maslahat o'tkaziladigan hafta kunlari va vaqtni tekshirib ko'rib, Seuldagi turmush tarzida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, ushbu maslahat xizmatidan foydalanib ko'ring.

 

▶ Maslahat o'tkaziladigan til (12ta)

- qo'shilgan til (2ta): indoneziya tili va arab tili

- oldindan mavjud bo'lgan til (10ta): ingliz tili, xitoy tili, yapon tili, vyetnam tili, mongol tili, filippin tili, rus tili, o'zbek tili, tai tili, koreys tili


Maslahat sohasi: ma'muriyat ishlari, ta'lim, tibbiyot, transport, serviz, moliya, sog‘liqni saqlash va jamoat farovonligi, ish faoliyati, immigratsiya kabi maishiy qulayliklar xizmati sohalari

 

▶ Turli tillarda olib boriladigan maslahat vaqti va telefon raqami


Toifa

Hafta kunlari va vaqt

Telefon

indoneziya tili

Seshanba va juma 9:30~17:30

(Tushlik vaqti 12:00~13:00)

02-2075-4150

arab tili

Payshanba va juma 9:30~17:30

(Tushlik vaqti 12:00~13:00)

02-2075-4128

ingliz tili

Dushanba ~ juma 9:00~18:00

(Tushlik vaqti 12:00~13:00)

02-2075-4151

02-2075-4140

xitoy tili

02-2075-4138

yapon tili

02-2075-4131

vyetnam tili

02-2075-4132

mongol tili

02-2075-4133

filippin tili

02-2075-4149

rus tili

02-2075-4147

o'zbek tili

02-2075-4143

tai tili

02-2075-4142

koreys tili

02-2075-4180


Koreys va chet ellik fuqarolar birgalikda qatnasha oladigan

Seul Global Markazi volontyorlik dasturi 


  Seul Global Markazida koreys va chet ellik fuqarolar birgalikda qatnasha oladigan turli xil volontyorlik dasturlari o'tkazilmoqda. Siz ham jamiyat a'zosi sifatida o'zgalarga mehr ulashishingiz mumkin.

 

Volontyorlik dasturiga yozilishi mumkin bo'lgan fuqarolar: 

- koreys va chet ellik fuqarolar (kattalar)

- volontyorlik va xalqaro almashinuvga qiziqishi bo'lganlar

- mas'uliyat va samimiyat bilan faoliyat olib bora oladiganlar


Seul Global Markazi tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar haqida

'Dunyo bo'ylab sayohat' mavzusida yosh bolalar uchun o'tkaziladigan

turli madaniy tadbirlar

Chet ellik fuqarolar bilan bog'liq bo'lgan tadbirlar

Seul Global Markazi tomonidan o'tkaziladigan tadbirlar (koreys tili kurslari, chet el eski buyumlari bozori, targ'ibot dasturlari)

Koreys Yangi yili va Chusok kabi bayramlarda chet ellik fuqarolarni koreys madaniyati bilan tanishtirish maqsadida o'tkaziladigan tadbirlar


Yozilish usuli: Seul Global Markazining veb-sayti (global.seoul.go.kr)ga kirib, yangiliklar bo'limida har oyda chiqariladigan volontyorlik dasturi haqidagi e'lonni tekshirib, *Noyabr oyi volontyorlik dasturining o'tkazilish tartibini tekshirganingizdan so'ng, volontyorlik dasturiga yozilish uchun veb-saytga kirishingiz mumkin*.

 

Ma'lumot uchun telefon

- Telefon: Seul Global Markazi Maishiy qulayliklar xizmati bo'limi

menejer Kim Yunji (02-2075-4151)

- Ish vaqti: dushanba ~ juma 09:00 ~ 18:00 (Tushlik vaqti 12:00~13:00)



Seul Global Markazi tavsiya qiladigan noyabr oyi ko'rgazmalari 


Metal, temir va po'lat Temir tarixi

Ko’rgazma haqida: Xitoy, Koreya va

Yaponiyaning temir madaniyatini o’zida aks

ettirgan madaniy meros ko’rgazmasi

Sana: 2017-yil 26-noyabrgacha

Manzil: Koreya milliy muzeyi (Seul shahri

Yonsanggu Sobinggoro 137)

(국립중앙박물관 (서울 용산구 서빙고로 137))

To'lov: kattalar uchun - 6,000 von, o'rta va

yuqori maktab o'quvchilari, talabalar uchun -

5,000 von, boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun -

4,000  von, yosh bolalar uchun - 3,000 von

Veb-sayt: https://iron2017.modoo.at

Qirol xazinasi

Ko’rgazma haqida: Germaniyaning Drezden

muzeyi birlashmasi tomonidan tashkil

qilingan qimmatbaho buyumlar ko’rgazmasi

Sana: 2017-yil 26-noyabrgacha

Manzil: Koreya milliy muzeyi (Seul shahri

Yonsanggu Sobinggoro 137)

(국립중앙박물관(서울 용산구 서빙고로 137)

To'lov: kattalar uchun - 9,000 von, o'rta va

yuqori maktab o'quvchilari, talabalar uchun -

8,000 von, boshlang'ich maktab o'quvchilari uchun -

7,000 von, yosh bolalar uchun - 5,000 von

Veb-sayt: https://dresden2017.modoo.at

Muminning rasmlari ko’rgazmasi

Ko’rgazma haqida: Finlandiya multfilm

qahramoni Muminning sevgi hikoyasi,

sarguzashtlari va baxtli hayoti tasvirlangan rasmlar

Sana: 2017-yil 26-noyabrgacha

Manzil: Seul san’at markazi Hangaram dizayn

san’at muzeyi (Seul shahri Sochogu

Nambusunxvanro 2406)

(예술의전당 한가람디자인미술관

(서울시 서초구 남부순환로 2406)

To'lov: kattalar uchun - 13,000 von, o'rta va

yuqori maktab o'quvchilari, talabalar uchun -

11,000 von, yosh bolalar uchun - 9,000 von

Veb-sayt: https://moominexhibition.modoo.at/

Kuchuklar Kangnamda

Ko’rgazma haqida: Uy hayvonlari bilan

birgalikda o’tkaziladigan yangi talqindagi

madaniy ko’rgazma

Sana: 2017-yil 19-noyabrgacha

Manzil: Kangnam san'at muzeyi (Seul shahri

Kangnam tumani, Kangnam ko’chasi 346

3-qavat) (강남미술관 (서울 강남구 강남대로

346 3))

To'lov: uy hayvonlari uchun - 5,000 von, odam

 uchun - 5,000 von

Veb-sayt: http://gnma.kr/?page_id=6

Toksugun saroyi kechki manzaralari

loyihasi: Yorug’lik, tovush va manzara

Ko’rgazma haqida: Toksugun saroyida

zamonaviy san’at rassomlari tomonidan

o’tkaziladigan ko’rgazma

Sana: 2017-yil 26-noyabrgacha

Manzil: Zamonaviy san’at milliy muzeyi

Toksugun saroyi zali (Seul Junggu Sejongdero 99)

(국립현대미술관 덕수궁관 (서울 중구

세종대로 99)

To'lov: Toksugun saroyiga kirish chiptasi

bo’lganlar uchun bepul

Veb-sayt:

http://www.mmca.go.kr/exhibitions/exhibitionsDetail.do?menuId=1020000000&exhId=201703130000538


Angliya milliy san’at muzeyining

Tate asarlari

Ko’rgazma haqida: Olimlar san’at qilib

qoldirgan odamning go’zal ko’rinishlari

Sana: 2017-yil 25-noyabrgacha

Manzil: Seul olimpiya san'at muzeyi (Seul

shahri Songpagu Olimpikro 424)

(소마미술관(서울 송파구 올림픽로 424)

To'lov: kattalar uchun - 13,000 von, o'rta va

yuqori maktab o'quvchilari uchun - 9,000 von,

yosh bolalar uchun - 6,000 von

Veb-sayt: https://tatekorea.modoo.at/?link=4uya0vji

 



Chet ellik fuqarolar uchun Seul hayot tarzi haqida ma’lumot -

“Ayollar uchun omadli chipta”dan foydalangan holda madaniy hayotdan zavq oling.  

 

 

Seul shahrida istiqomat qiluvchi chet ellik fuqarolar uchun xizmat ko’rsatadigan Seul Global Markazi Seul turmush tarzi haqidagi kerakli ma’lumotlarni har oy yangiliklari gazetasi orqali yetkazib bermoqda.

Yangiliklar gazetasining ushbu soni “Ayollar uchun omadli chipta” haqida. “Ayollar uchun omadli chipta” Seul shahrida farzandni o’stirish va uy ishlari, ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli madaniy hayot va san’atdan zavq olish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollar uchun madaniyat va san’at bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda turli xil spektakllarni 50% chegirmadagi narxda ta’minlab beradigan xizmat hisoblanadi. Ushbu oy “Ayollar uchun omadli chipta” xizmatidan foydalangan holda madaniy hayotdan zavq olishga nima deysiz?

 

“Ayollar uchun omadli chipta” - bu nima?

“Ayollar uchun omadli chipta” xizmati farzandni o’stirish va uy ishlari, ijtimoiy qiyinchiliklar tufayli madaniy hayot va san’atdan zavq olish imkoniyatiga ega bo’lmagan ayollarga turli spektakllarni 50% chegirmadagi narxda ta’minlab beradigan xizmat hisoblanadi.

 

Bu chegirmadan kimlar foydalana oladi?

Seulda istiqomat qilib, Seul shahrida tahsil olayotgan yoki ishlayotgan barcha ayollar (chet elliklar ham) foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari har bir ayol ko’pi bilan 6 nafar oila a’zolari (jinsi yoki yoshiga qaramasdan) uchun chegirmali chipta olishi mumkin.

 

Bu chegirmadan qanday qilib foydalanishim mumkin?

Seul shahri hokimiyatining Ayollarning farovonligi va oilaviy masalalar bo’yicha shug’ullanadigan bo’limining veb-sayti (http://woman.seoul.go.kr) va Seul shahrida jamoat binolari va jihozlardan foydalanish uchun oldindan buyurtma berish veb-saytida (http://yeyak.seoul.go.kr) har oyning 20-sanasidan boshlab oyning oxirgi sanasigacha ushbu chegirmadan foydalanish uchun yozilishingiz mumkin.

 

Ma'lumot uchun telefon: Dasan qo'ng'iroq markazi (kodsiz 120) 


Posted by SGC NEWS ROOM